
U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston zaxirasida qolgan futbolchilarda jarohat bormi? Davron Fayziev bunga o‘z munosabatini bildirdi
U-23 Osiyo kubogi doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Indoneziyaga qarshi tarkibi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, tarkibda bir qancha o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin.
Jumladan, termamiz sardori Jasur Jaloliddinov, qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, hujumchi Husain Norchaev kabi futbolchilar zaxirada qoldirilgan. Ko‘pchilik muxlislar esa bunga javoban "ularda jarohat bormi?", degan savol bilan murojaat qilishmoqda. Bunga javoban O‘FA Marketing va media bo‘limi boshlig‘i Davron Fayziev telegram kanali orqali o‘z munosabatini bildirdi.
"Yuzaga kelgan savollarga shu joyida aniqlik kiritib ketay. Zaxirada qolgan futbolchilarda jarohat yo‘q. Ular o‘yin davomida jangga qo‘shilishi mumkin. Bu murabbiy rotatsiyasi va intensiv turnirda yuqori tempni saqlash uchun chiziqlarni yangilab olish bilan bog‘liq", - dedi Fayziev o‘z postida.
Fikrlar