
U faqat o‘z darvozasiga gol uradi shekilli
Bundesligada ikki uchrashuvda olti ochko to‘plagan “Ayntraxt” himoyachisi Martin Xinteregger “Gerta”ga qarshi o‘yinda raqib jamoa uchun o‘z darvozasini ishg‘ol qilib berdi. Garchi safarda o‘ynagan “Ayntraxt” 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, Martinning goli antirekord sifatida qayd etildi.
Avstriyalik himoyachi Bundesligada to‘p surayotganidan beri oltinchi marotaba o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘ymoqda. U yoqimsiz bu ko‘rsatkich bo‘yicha Nikolch Noveski va Manferd Kalts bilan tenglashib oldi.
Martin Xinteregger ilgari “Borussiya M” va “Augsburg” jamoalarida ham o‘ynagan.
Fikrlar