
U ishonchni oqlamadi!
“Arsenal” yozgi transferlar vaqtida jamoaga qo‘shilgan yarim himoyachi Villiandan tezroq qutilishni o‘ylayapti.
Londonliklar “Chelsi”dan kelgan braziliyalik futbolchiga katta umid bog‘lagan edi. Biroq, u murabbiylar ishonchini qozona olgani yo‘q. Angliya premer-ligasida o‘nta uchrashuvda maydonga tushgan Villian uch marta goli pas oshirdi xolos.
“Arsenal” 32 yoshli futbolchini qishda sotib yuborishga tayyor. Ayni paytda Villianga Ispaniya chempionati vakili “Betis” xaridor bo‘lmoqda.
Fikrlar