U ketmaydi! “Real” bir oʻyinchi boʻyicha muhim qarorga keldi

  • 03.01.2026 10:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yozda Argentina­dan olib kelgan 18 yoshli hujumkor futbolchi Franko Mastantuono ayni paytda moslashish jarayonini boshidan kechirayotgani bois, hali Xabi Alonso jamoasida muhim figuraga aylana olgani yo‘q.

Tecno

Yevropaning bir necha klublari iqtidorli o‘yinchini yanvarda ijaraga olishni mo‘ljallab yurgandi.

Taniqli insayder Fabrizio Romano bu masalaga oy­d­inlik kiritdi. Uning xabar berishicha, 18 yoshli Franko Mastantuono jamoada qoladi.

“Real” rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso argentinalik futbolchini klubning kelajakka mo‘ljallangan loyihasining muhim qismi, deb hisoblamoqda.

Madridliklar Mastantuononi joriy yilning avgust oyida xarid qilgan. Shu vaqtdan beri u barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta­dan gol urdi va assist muallifi bo‘ldi. Futbolchining amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!