
Manchini uni Messi va Ronaldu bilan bir qatorga qo‘ydi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini "Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Zlatan futbol tarixidan fenomenal futbolchi sifatida joy oladi. Men uni Messi va Ronaldu bilan bir saviyada deb hisoblayman. U qaerda to‘p sursa ham ko‘plab gollar urib, unvonlarni yuta olgan", - deydi Manchini.
Eslatib o‘tamiz, kuzda 39 yoshni qarshilaydigan shvetsiyalik hujumchi "Milan" safiga qishda kelib qo‘shildi va ortda qolgan turlar mobaynida 8 ta o‘yinda maydonga tushib uchta gol kiritdi.
Fikrlar