U oxirigacha kurashadi!

  • 11 sentabr, 2020, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” himoyachisi Jon Stounz asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘yayotganiga qaramasdan, klubda qolib, bosh murabbiy Xosep Gvardiola ishonchini qozonish uchun kurashadigan bo‘ldi.

Tajribali himoyachining klubdagi ahvolini inobatga olib, qator klublar unga og‘iz solayotgan edi. Xususan, Stounz “Arsenal” va “Chelsi” kabi o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan jamoalar chorlovini ham qabul qilmadi.

O‘tgan mavsumda Jon Stounz 16 ta uchrashuvda qatnashib, natija ko‘rsata olmadi. Himoyachi agar asosiy tarkibga kira olmasa, Angliya terma jamoasidagi o‘rnini ham yo‘qotib qo‘yishi mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!