U o‘ynamay pul olmoqchi!

  • 5 yanvar, 2022, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Samyuel Umtita “Barselona” asosiy tarkibidan chiqib ketganiga ancha bo‘ldi. Katta maosh olishga ko‘nikib qolgan frantsiyalik himoyachi ayni o‘ynaydigan yoshda bo‘lishishga qaramay, o‘ziga o‘yin amaliyoti va’da qilayotgan klublar taklifini rad etib kelmoqda.

Kataloniya klubi mutasaddilari ham uni jamoadan ketkazishni uddalay olmayapti. Ma’lumotlarga qaraganda, Umtiti yaqinda yana beshta klubdan chordov oldi va ularning birortasini qabul qilmadi. U zaxirada o‘tirib bo‘lsa ham, “Barselona” bilan shartnomaning so‘nggi kunigacha shu erda qolmoqchi.

2016 yili “Lion”dan 25 million evroga xarid qilingan himoyachi klubda eng katta maosh oladigan o‘yinchilardan. Joriy mavsumda maydonda bir marta ko‘rinish berib, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Manbalarning xabar berishicha, Umtiti Chempionlar ligasida muntazam o‘ynaydigan va unga katta maosh berishga qodir klubdan taklif bo‘lsagina Kataloniyadan ketishi mumkin. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!