
U "Roma"da qoladi!
Corriere della Sera nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “Roma” yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo yangi mavsumda ham "Roma"da qoladi.
Boisi, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish bo‘yicha band yozilgan. Shunga qaramasdan Mourino imkon qadar tezroq Dzanolo bilan bog‘liq vaziyat hal bo‘lishiga umid qilmoqda.
Bundan oldinroq Dzanolo “Milan”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Nikolo Dzanolo yakunlangan mavsum “Roma” safida jami 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Fikrlar