
U Ronaldu bilan o‘ynash imkoniyati va katta maoshli taklifni rad etadi. Chunki...
Kot-d’Ivuar terma jamoasi hamda “Kristal Pelas” klubi hujumchisi Vilfrid Zaaning “An-Nasr”ga o‘tishi dargumon.
Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan Saudiya klubi 30 yoshli futbolchiga haftasiga salkam 600 ming funt maosh oladigan 2 yillik shartnoma taklif qildi. Taqqoslash uchun uning hozirgi klubi "Kristal Pelas" esa unga uch baravar kam - haftasiga 200 ming maosh taklif qilmoqda. Biroq, katta ehtimol bilan Zaa ushbu taklifni rad etadi.
The Guardian xabariga ko‘ra, futbolchi Evropada qolishni afzal ko‘radi. U erda Zaaga Frantsiyaning ikki grandi – PSJ va “Marsel” da’vogarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu oy oxirida Zaaning London klubi bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi.
Futbolchi o‘tgan mavsum Premer-liganing 27 ta o‘yinida 7ta gol va 2 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar