U yana Konor bilan jang qilmoqchi

  • 29 iyun, 2024, 12:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Amerikalik aralash yakkakurashlar bo‘yicha mashhur faxriy Neyt Diaz 14 sentabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan "UFC 306" turnirida irlandiyalik yulduz Konor MakGregorga qarshi jang o‘tkazishni xohlaydi.

 "Kelajagim haqida o‘ylashdan oldin Xorxe Masvidalni mag‘lub etishim kerak. Lekin Konor bilan ham jang qilishni xohlayman. "UFC 306" da u bilan to‘qnash kelsam, juda zo‘r bo‘lardi", – dedi Diaz lou-kik MMA ga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, MakGregor(22-6) va Diaz(21-13) UFC turnirlarida ikki bor to‘qnash kelishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!