UAE Warriors turnirida yana bir o‘zbek o‘g‘loni g‘alaba qozondi!

  • 28 iyul, 2024, 22:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bir necha daqiqalar avval Birlashgan Arab amirliklaridagi "UAE Warriors 52" turnirida hamyurtimiz Kamronbek Ortiqov oktagonga ko‘tarildi. U Filippin vakili Niko Allejioga qarshi jang qildi. Ortiqov qisqa muddatda zahira jangchisi sifatida jangni qabul qilgandi. Ushbu qarama-qarshilik super engil vazn 56,7 kgda bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, to‘liq uch raund davom etgan to‘qnashuvda yurtdoshimizx to‘liq ustunlik qildi va haqli tarzda g‘alaba qozondi. 
Shu tariqa yurtdoshimiz o‘zining rekordini 3-1 ko‘rinishga olib keldi. U yana bir nufuzli liga One Lumpinee doirasida ham g‘alaba qozongan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!