
Uch grand klub superdarvozabonni talashmoqda
"Inter" jamoasining tajribali darvozaboni Samir Xandanovich yozgi transferlar mavsumida Italiya chempionatini tark etisha yaqin turibdi.
Ayni paytda 32 yoshli Samir Xandanovichga darvozabon muammosiga duch kelgan APL jamoalari - "Liverpul" va "Manchester Siti" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Eni bu jamoalar qatoriga PSJ qo‘shildi. Parijliklar Samir Xandanovichning o‘yinini kuzatish uchun "Iner"ning "Atalanta"ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvini kelib ko‘rdi.
"Inter" bilan 2019 yilgacha shartnomaga ega bo‘lgan darvozabon joriy mavsumda 28 ta uchrashuvda 29 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar