
Uchta penalti va bitta qizil kartochka ko‘rsatilgan bahsda O‘zbekiston U-16 termasi Polshaga mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini doirasida maydonga tushdi. Unda vakillarimizga Polsha terma jamoasi raqiblik qildi.
Unda hamyurtlarimiz yirik 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Biznikilardan gollarga Shodiyor Shodiboev va Ozodbek O‘ktamov (ikkalasi ham penaltidan) mualliflik qildi.
Qayd etish lozim, uchrashuv hakami o‘yinda 3 ta penalti (2 tasi bizning foydamizga) hamda bitta qizil kartochka (hamyurtimizga) ko‘rsatdi.
Fikrlar