UEFA "Barselona"ning sudyalik bo‘yicha shikoyatini rad etdi

  • 14.04.2026 16:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

UEFA "Barselona" klubi tomonidan "Atletiko"ga qarshi o‘yindagi sudyalik qarorlari yuzasidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqmadi.

1/4 finalning ilk uchrashuvi 8 aprel kuni bo‘lib o‘tgan va "Atletiko" 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Uchrashuvning 54-daqiqasida Madrid jamoasi himoyachisi Mark Pubil o‘z darvozaboni Xuan Musso uzatgan to‘pga qo‘l bilan tegib ketgan, ammo bosh hakam Ishtvan Kovach penalti belgilamagan. O‘yindan keyin "Barselona" bu vaziyat yuzasidan UEFAga rasmiy shikoyat yo‘llagan.

Biroq 13 aprel kuni UEFAning etika va intizom bo‘yicha nazorat organi mazkur shikoyatni ko‘rib chiqish uchun qabul qilib bo‘lmas deb topgani ma’lum qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!