
UEFA chempion bo‘lgan PSJni jazolaydi
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Chempionlar Ligasi finalida "Inter"ga qarshi o‘yinda (5:0) PSJ muxlislarining xatti-harakati uchun Parij klubini jazolaydi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, parijliklar muxlislari o‘yin davomida pirotexnika (faer) yoqqani uchun jazoga tortiladi — bu holat stadionda qalin tutun hosil qilgan. Faerlardan foydalanish UEFA qoidalari bilan qat’iy taqiqlangan.
Shuningdek, o‘yindan so‘ng "Inter" bilan uchrashuv yakunida minglab muxlislar maydonga bostirib kirgani uchun ham PSJga nisbatan choralar ko‘riladi. Bu vaziyat tufayli futbolchilar zudlik bilan kiyim almashtirish xonasiga qaytishga majbur bo‘lishgan.
Bundan tashqari, o‘yin oldidan ikki jamoa muxlislari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. UEFAning Intizomiy kodeksiga ko‘ra, klublar stadion atrofida, o‘yindan oldin va keyin muxlislarning xatti-harakatlari uchun javobgar hisoblanadi. Agar hodisalar stadion yaqinida sodir bo‘lgani aniqlansa, "Inter" ham jazoga tortilishi mumkin.
Fikrlar