
UEFA chempionlar ligasi. "RB Leyptsig" - "Brest" va" "Shturtgart" - "Sparta" o‘yinlari yakunlandi
Biroz avval, UEFA chempionlar ligasining barvaqt boshlangan bir qancha o‘yinlari o‘z yakuniga etdi. Germaniyada o‘tgan "RB Leyptsig" - "Brest" bahsida mezbonlar frantsuz klubidan yirik 0:4 hisobidagi qaqshatqich mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Mehmon jamoa gollariga Sima(dubl), Kamara va Pereyralar mualliflik qildi.
Nemis diyorida o‘tgan yana bir o‘yinda o‘tgan mavsum Bundesliganing haqiqiy kashfiyotiga aylangan "Shturtgart" kamtarin "Sparta"ning qarshiligini enga olmadi 1:1. Milliot urgan to‘pga, keyinchalik Kayrinen javob qaytara oldi.
Ayni damda Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlangan boshqa bellashuvlar davom etmoqda.
Fikrlar