UEFA evrokuboklarda sariq kartochkalar qoidasi oʻzgartirdi
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) erkaklar klub musobaqalarida intizom qoidalari o‘zgarganini ma’lum qildi.
UEFA tarqatgan rasmiy xatga ko‘ra, Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasining umumiy bosqichidan boshlab futbolchilar hamda jamoalar rasmiy shaxslari uchinchi emas, to‘rtinchi sariq kartochkadan so‘ng avtomatik ravishda navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.
Shundan keyin diskvalifikatsiya har ikki sariq kartochkadan keyin qo‘llaniladi: oltinchi, sakkizinchi, o‘ninchi va shu tarzda davom etadi.
Umumiy bosqich boshlanguniga qadar esa amaldagi tartib saqlanadi: uchinchi ogohlantirishdan keyin maydondan chetlatish, so‘ngra beshinchi, yettinchi va keyingi to‘q sariq kartochkalardan keyin diskvalifikatsiya beriladi.
UEFA vakillarining ta’kidlashicha, bunday o‘zgarishlar evrokuboklarning yangi formati bilan bog‘liq — unga ko‘ra umumiy bosqichdagi o‘yinlar soni oshirilgan. Yangilangan qoidalar darhol kuchga kiradi va 2026/27 yildgi mavsumdanoq qo‘llana boshlaydi.

Fikrlar