UEFA Flikni jarimaga tortdi va bir o‘yinga chetlatdi

  • 8 avgust, 21:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikni umumiy xulq-atvor tamoyillari va odob-axloqning asosiy qoidalarini buzgani uchun 20 ming evro jarimaga tortdi va UEFA shafeligidagi klub turnirlarida bir o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning ma’lumotiga qaraganda, Flikning yordamchisi bo‘lgan Markus Zorg ham shunday jazo olgan.

O‘tgan mavsumda Flik jamoasi Chempionlar Ligasi yarim finaliga qadar etib borgan va unda "Inter"ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:7 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Musobaqaning final uchrashuvida "neradzurrilar" PSJga 0:5 hisobida yutqazdi.

Avvalroq, UEFA "Barselona" futbolchilari jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!