
UEFA Superkubogi qachon va qerda o‘tkaziladi?
“Manchester Siti” Chempionlar ligasi finalida “Inter”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Evropa klublari o‘rtasidagi eng nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa “shaharliklar” o‘z tarixlarida birinchi marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Ularni Evropa ligasida g‘olib chiqqan Ispaniyaning “Sevilya” klubi kutib turibdi. Ushbu uchrashuv 16 avgust kuni Gretsiya poytaxti Afina shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, UEFA Superkubogi 1972 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan yili uni Germaniyaning "Ayntraxt" jamoasi qo‘lga kiritgan.
Fikrlar