UEFA Superligadan chiqishni xohlamayotgan klublarga nisbatan jiddiy kurashmoqchi

  • 12 may, 2021, 17:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik jurnalist Tankredi Palmerining so‘zlariga ko‘ra, UEFA hanuzgacha Superligadan chiqmagan "Real", "Barselona" va "Yuventus" ishi bilan shug‘ullanadigan inspektor tayinlagan.

Tecno

Xabar qilinishicha, ushbu jarayondan so‘ng muntazam ravishda yuqorida nomlari tilga olingan klublarga nisbatan sanktsiyalar qo‘llaniladi. Avvalroq, UEFA prezidenti Superligadan chiqmagan ushbu 3 ta jamoani ikki yilga Evropa musobaqalaridan chetlatishni taklif qilgandi.

Ma’lumki, Evropa chempionatlarining eng qudratli klublari o‘zaro kelishgan holda yangi superturnir tashkil qilgandi. Ushbu musobaqada “ko‘hna qit’a”ning eng kuchli 20 ta jamoasi qatnashishi kerak edi.

Bu loyiha FIFA, UEFA, milliy chempionatlar tashkilotchilari, futbol jamoatchiligi, muxlislar tomonidan qarshilikka uchradi. Natijada ushbu loyiha bosh qo‘shgan 12 ta jamoadan “Arsenal”, “Atletiko”,  “Chelsi”, “Inter”, “Milan”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Tottenxem Xotspur” katta bosim ostida rasman musobaqani tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!