UEFA va CONMEBOL hamkorlikda yangi musobaqa tashkil etadi. Ilk ishtirokchilar ham ma’lum!

  • 8 iyul, 2023, 18:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA va CONMEBOL tashkilotlari hamkorlikda yangi musobaqa tashkil etilishini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, o‘tgan mavsum Evropa ligasida zafar quchgan "Sevilya" va Janubiy Amerikaning ikkinchi nufuzli musobaqasi "Copa Sudamericana"da g‘olib bo‘lgan "Independente del Vale" jamoalari ishtirokida superkubok o‘yini o‘tkaziladi. 

Bahs 19 iyul kuni Sevilya shahridagi "Ramon Sanches Pisxuan" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv starti mahalliy vaqt 22:00 ga belgilangan. 

Agar bahs asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmasa, qo‘shimcha vaqtlarga murojaat etilmaydi. Jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri penaltilar seriyasida masalani hal qilishadi. 

Ushbu musobaqa 2007 yilda 22 yoshida yurak xurujidan vafot etgan "Sevilya"ning sobiq futbolchisi sharafiga "Antonio Puerta XII" deb nomlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!