UEFAning boshi qotdi

  • 29 aprel, 2020, 18:05
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Sentyabr-oktyabr oylarida start olishi rejalashtirilgan UEFA Millatlar ligasi koronavirus pandemiyasi bois boshqa muddatga qoldirilishi mumkin. Bu borada FIFA UEFA bilan birgalikda xalqaro o‘yinlar taqvimi borasida ikkita variantni ko‘rib chiqmoqda.

Birinchi variantga ko‘ra, noyabr-dekabr oyidagi uchrashuvlar qoldirilishi bois 2021 yilda har bir mamlakatda 3-6 ta bahs bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 2020 yilning noyabr, 2021 yilning mart, iyun va sentyabr oylarida ham o‘ziga xos oyna shakllantirish rejalashtirilgan.

Ilgariroq UEFA terma jamoalarning iyun oyida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan bellashuvlarini noma’lum muddatga qoldirgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!