Uels terma jamoasida jarohat olgan Remzi Turinga qaytmoqda
“Yuventus” yarim himoyachisi Aaron Remzi Uels terma jamoasi safida mushaklaridan jarohat oldi. Bu haqda Sky Sport Italy xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Remzi ertaga UEFA Millatlar ligasidan o‘rin olgan Bolgariyaga qarshi o‘yinda maydonga tusholmaydi.
Aaron tez orada “Yuventus”ga qaytishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi aytilmoqda.



Fikrlar