
UFC chempioni: "Har bir MMA jangchisi Konor MakGregorga minnatdorchilik bildirishi kerak"
O‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni janubiy afrikalik Drikus Dyu Plessi(21-2) mashhur irlandiyalik jangchi Konor MakGregor(22-6)ning MMA ga qo‘shgan hissasini hurmat bilan tilga oldi.
“Konor teginadigan hamma narsa oltinga aylanadi. U ushbu sportning haqiqiy afsonasi. U MMA ni ommaviylashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Siz bu yigitni yoqtirmasangiz ham, uning bu sport uchun qilgan ishlarini tanqid qila olmaysiz. Menimcha, har bir MMA jangchisi Konorga mazkur sport turidagi maoshlari, qolaversa, mashhurligini oshirgani uchun minnatdorchilik bildirishi kerak", — deb Dyu Plessining so‘zlarini keltiradi BJ Penn portali.
Fikrlar