“UFC Fight Night 228” turnirida qayd etilgan natijalar bilan tanishing!

  • 24 sentabr, 2023, 11:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bugun tongda “UFC Fight Night 228” turniri bo‘lib o‘tdi. Markaziy jang kutilmaganda Rafael Fizievning jarohat olishi bilan to‘xtatildi va yakunda Mateush gamrot g‘olib deb topildi. Shuningdek, bir qator kutilmagan natijalar ham qayd etildi. Quyida, to‘liq natijalar bilan tanishishingiz mumkin.

Tecno

Asosiy kard:

Rafael Fiziev (Ozarbayjon) — Mateush Gamrot (Polsha) – Gamrot texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Brays Mitchell (AQSh) — Den Ige (AQSh) – Mitchell hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra (30-27, 29-28, 29-28) g‘olib chiqdi.

Marina Rodriges (Braziliya) — Mishel Uoterson (AQSh) – Rodriges 2-raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.

Brayan Battl (AQSh) — Ey Djey Fletcher (AQSh) – Battl 2-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.

Charlz Jordeyn (Kanada) — Rikardo Ramos (Braziliya) – Jorden 1-raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘olib chiqdi.

Prelim kard:

Deniel Ardjeta (AQSh) — Mayls Jons (AQSh) –Jons 30-27, 30-27, 29-28  hisobida g‘alaba qozondi.

Tim Mins (AQSh) — Andre Fialo (Portugaliya) – Mins 3-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Jeykob Malkoun (Avstraliya) — Kodi Brandeyj (AQSh) – Malkoun 1-raundda g‘alaba qozondi. Brandeyj ta’qiqlangan zarba tufayli chetlatildi.

Jeyk Kolle (AQSh) — Muhammed Usman (Nigeriya) – Usman ochkolarga ko‘ra (30-27, 29-28, 29-28) zafar quchdi.

Mizuki Inoe (Yaponiya) — Xanna Goldi (AQSh) – Inoe ochkolarga ko‘ra (29-28, 29-28, 29-28) g‘alaba qozondi.

Tamires Vidal (Braziliya) — Montserrat Rendon (Meksika) – Rendon 29-28, 28-29, 29-28 hisobida zafar quchdi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!