
"UFC Fight night 241"ning to‘liq "Fight Card"i (foto)
18 may tungi soat 01:00 dan boshlab Amerika Qo‘shma Shtatlarining Las Vegas shahrida "UFC Fight night 241" turniri start oladi.
Turnirning markaziy jangida UFC afsonalaridan biri braziliyalik Edson Barboza (24-11) mag‘lubiyatsiz kelayotgan Leron Myorfi (13-0-1) bilan kuch sinashadi.
38 yoshli Edson Barboza so‘nggi jangini 2023 yilning 14 oktyabrda Sodiq Yusufga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongandi. Mag‘lubiyat alamini his qilmagan Myorfi esa oxirgi jangini 2023 yil 22 iyulda Joshua Kulibaoga qarshi o‘tkazgan va ochkolar hisobiga g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
Musobaqaning "co-main event" jangida Kalinn Uilyams (14-3) va Carlston Harris(19-5) to‘qnash kelishadi. Turnir kardidan joy olgan boshqa janglar ham qiziqarli o‘tishi kutilmoqda.
Fikrlar