
UFC hakami MakGregor va Habib jamoalari o‘rtasidagi mushtlashuvni eslab o‘tdi
UFC hakami Xerb Din Konor MakGregor va Habib Nurmagomedov jamoalari o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv vaqtida yuz bergan ajoyib epizod haqida gapirdi.
"Buning ajoyib tomoni shundaki, garchi mazkur jang tartibsizlikka aylanib ketgan bo‘lsa-da, Habib va uning yigitlari rasmiylarga shikast etkazmay, ularga hurmat ko‘rsatishgan", – dedi Din The Casuals MMA nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Habib va MakGregor o‘rtasidagi jang 2018 yilning oktyabr oyida o‘tkazilgan va to‘rtinchi raundda Habibning erta g‘alabasi bilan yakunlangandi. Jang tugagan zahoti zalda va oktagonda jangchilar va ularning jamoa a’zolari bilan ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan edi.
Fikrlar