UFC ning super afsonasi kurashdagi faoliyatini yakunladi

  • 21.04.2026 18:42
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC sobiq chempioni Brok Lesnar kurashdagi faoliyatini yakunladi.

U – MMA olamidagi taniqli shaxslardan biri bo‘lib, UFC dagi yutuqlari bilan ajralib turadi.

Lesnar aralash yakkakurashlar olamiga kirib, qisqa vaqt ichida cho‘qqini zabt etgan jangchidir.

Brok promoushendagi uchinchi jangida afsonaviy Rendi Kutyurni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratib, chempionga aylangandi. Shuningdek, u 1 milliondan ortiq pullik translyatsiyalarni (PPV) to‘play olgan birinchi UFC jangchisi hisoblanadi. "UFC 100" turnirida Frenk Mir bilan revanш 7 yil davom etgan 1.6 million PPV rekordni o‘rnatdi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilda Brok Lesnar UFC shon-shuhrat zaliga kiritilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!