UFC on ABC 6 turnirida qaysi jangchilarga bonus berildi?

  • 23 iyun, 2024, 12:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

22 iyundan 23 iyunga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida UFC on ABC 6 turniri bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Asosiy bahsda tashkilotning o‘rta vazn toifasidagi sobiq chempioni (84 kg gacha) avstraliyalik Robert Uittaker rossiyalik jangchi Ikram Aliskerovni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi. UFC matbuot xizmati turnir yakunlari bo‘yicha bonus olgan jangchilarning ismlarini e’lon qildi.

Kechaning eng yaxshi jangchilari sifatida Robert Uittaker, Sharabutdin Magomedov, Volkan Ozdemir va Felipe Lima tan olindi. Ushbu jangchilarning har biri UFC 50 ming AQSh dollari miqdorida bonus oladigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!