"UFC on ESPN 11" turnirining to‘liq natijalari bilan tanishing!

  • 21.06.2020 11:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bir necha soatlar avval Las- Vegasda "UFC on ESPN 11" turniri o‘z yakuniga etdi. Uning markaziy jangida og‘ir vazn toifasidagi rossiyalik Aleksandr Volkov (31-8) hamda AQSh vakili Kyortis Bleyds (14-2-1) o‘zaro to‘qnash keldi. Jang to‘liq davom etib, yakunda Bleyds ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.

Qolgan janglarda esa, quyidagi natijalar qayd etildi.

 Josh Emmet & Sheyn Burgos – ochkolar hisobida Emmet g‘alaba qozondi.

Rakel Pennington & Marion Reno – hakamlar qaroriga ko‘ra Pennington zafar quchdi.

Bilol Muhammad & Layman – ochkolar bo‘yicha g‘alaba Bilol hisobiga yozildi.

Jim Miller & Ruzvelt Roberts – Miller 1 raundda og‘riqli uslub (armbar) evaziga g‘alaba qozondi.

Bobbi Grin & Kley Guid – ochkolar hisobiga Grin g‘olib chiqdi.

Tisha Torres & Brianna Van Byuren – ochkolar natijasiga ko‘ra, Torres zafar quchdi.

Mark Andre-Bario & Oskar Pexota – 2-raundda Mark texnik nokaut evaziga g‘alabaga erishdi.

Jillian Robertson & Kortni Keysi – 3-raundda Robertson “sabmishn” (bo‘g‘ish) uslubi bilan g‘olib chiqdi.

Jastin Jeyns & Frenk Kamacho - 1-raundda Jastin texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi

Loren Merfi & Roksann Modafferi - ochkolar evaziga  Merfi zafar quchdi.

Ostin Xabbard & Maks Roshkof - 2-raundda  Ostin texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!