UFC Oq Uydagi turnirda noodatiy bonuslarni taqdim etmoqchi

  • 13.04.2026 14:15
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

14 iyunga belgilangan Oq Uydagi UFC turniri ishtirokchilari liganing rasmiy hamkorlaridan biri – "Crypto" birjasi tomonidan kriptovalyutada to‘lanadigan umumiy qiymati bir million dollarlik qo‘shimcha bonuslarni yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ushbu summa joriy yilning yanvar oyidan boshlab 100 000 dollarni tashkil etuvchi an’anaviy bonuslarga qo‘shimcha ravishda alohida "performans" ko‘rsatgan ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanadi.

Ayni paytda AQSh mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan kecha etti jangdan iborat bo‘lib, ulardan ikkitasi titul maqomiga ega.

Oqshomning markaziy to‘qnashuvida engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya va vaqtinchalik chempion Jastin G’etji kurash olib borsa, "Co-main event" jangida Aleks Perreyra va Siril Gan og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!