UFC prezidenti Magomed Ankalaevga qachon chempionlik jangi berilishini aytdi

  • 24 iyun, 2024, 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt rossiyalik yarim og‘ir vazndagi eng yaxshi jangchi Magomed Ankalaev reytingdagi o‘rnini saqlab qolsa, chempionlik jangini olishini aytdi.

Tecno

"Ha, Anqalaev yaqin kelajakda reytingdagi o‘z o‘rnini saqlab qolsa, chempionlik uchun kurashadi", - dedi Uayt matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 13 yanvar kuni UFC Fight Night 234 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Magomed Ankalaev braziliyalik jangchi Jonni Uoker bilan uchrashgan edi. Jang ikkinchi raundda Ankalaevning nokaut evaziga g‘alaba qozonishi bilan yakunlandi. Magomed uchun bu g‘alaba 2022 yilning iyulidan beri birinchisi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Moskva vaqti bilan 29-iyundan 30-iyunga o‘tar kechasi yarim og‘ir (84 kg) vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyra chexiyalik Jiri Prochazka bilan revansh jangini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!