UFC promoushenidagi o‘zbekistonlik jangchilar soni yana bittaga ko‘payishi mumkin

  • 17.04.2021 09:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

O‘zbekiston MMA olamining yorqin vakillaridan biri, FFC (Falco Fighting Championship) promousheni chempioni Azamat Nuftillaev yangi promoushen bilan shartnoma imzolash arafasida. Quvonarlisi, og‘ir vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan "Ajdar" nomi bilan mashhur ushbu yurtdoshimizga jahonning eng nufuzli UFC promousheni shartnoma taklif qilgan. 

Bu borada jangchimiz bilan bog‘langanimizda, bu real voqelik ekanligini, taklif etilgani va viza masalasida ish olib borayotganligini ma’lum qildi. Agar, vizaga oid masalalar o‘z echimini topsa, tez orada UFCdagi vakillarimiz soni yana bittaga oshib, to‘rt nafarga etishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Azamat Nuftillaev professional faoliyati mobaynida 7 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. So‘ngi bor joriy yilning 9 fevral kuni "EFC 33" turnirida oktagonga ko‘tarildi va rossiyalik Gennadiy Gusevni muddatidan avval texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi. 

azamat nuftillaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!