UFC rahbari yana bir super jangni tashkil qilmoqchi !!!
UFC rahbari Dana Uayt, Jon Jons va Frensis Ngannu o‘rtasida jangni tashkil qilishga tayyor. Bu ma’lumotni UFC sharhlovchisi va boshlovchisi Jo Rogan tasdiqladi. Avvalroq, bu haqida taniqli sport sharhlovchisi Aaron Bronsteter xam UFC rahbariga tayanib xabar bergan edi.
"Dana Uayt Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda Jon Jons va Frensis Ngannu o‘rtasidagi jangni tashkil etishga tayyor - bu juda katta voqealik bo‘ladi !!!", – dedi Rogan Rampage Jekson bilan suhbatda.
Biroq eslatib o‘tish joizki, Ngannuning PFL bilan amaldagi shartnomasi bor.

Fikrlar