
UFC va ONE FC chempioni professional boksda debyutini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi
UFC va ONE FC chempioni amerikalik Demetrius Jonson professional boksdagi debyutini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Kecha men uyga keldim va Saul Alvaresning chiqishlarini tomosha qildim. So‘ngra: "Ey Xudo, bu ajoyib-ku", deb o‘yladim. Men sport zaliga bordim, jiu-jitsu bilan shug‘ullandim, keyin qaytib keldim va xotinimga boks o‘tishni xohlayotganimni aytdim. Men hozirda 37 yoshdaman va bu yil 38 yoshga to‘laman. Shunday vaqt keladiki, sportchi to‘xtashi kerak. Xozir jiu-jitsu bo‘yicha musobaqaga ham tayyorgarlik ko‘ryapman. Agar tanam qattiq mashg‘ulotlarga tayyor bo‘lsa, men boks bilan shug‘ullanishdan xursand bo‘laman”, – dedi Jonson o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Jonson so‘ngi jangida Adrian Moraeshni mag‘lub etgandi.
Fikrlar