
Ular endi “Real”ga kerak emas
“Real” rahbariyati mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan bir guruh tajribali futbolchilar bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, hujumchi Garet Beyl, himoyachi Marselo va pleymeyker Isko joriy chempionat yakunlanganidan so‘ng, erkin agent sifatida jamoani tark etishi kerak bo‘ladi. Klub moliyaviy holat va sport tamoyillari sababli bu futbolchilarga yangi bitim taklif qilmaydi.
Shunga qaramay, “Qirollik klubi” Luka Modrichning shartnomasini bir yilga uzaytirmoqchi. Xorvatiyalik yarim himoyachi 36 yoshga to‘lganiga qaramay, uning o‘yin darajasi bosh murabbiy Karlo Anchelotti talabiga to‘la javob berishi aytilmoqda.
“Real” kelasi mavsumda o‘z tarkibiga Kilian Mbappe, Erling Xoland va Pol Pogba singari yulduzlarni jamlashni rejalashtirgan.
Fikrlar