
Ular Rossiyadagi hujumchilarni titratgan
Rossiya premer-ligasi tarixida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan jami 120 nafardan ortiq legioner to‘p surgan. Sportbox.ru ana shu futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.
Sharq – nozik masala. Rossiyadagi tarixiy terma jamoada 7 futbolchimiz bor
Biz har bir chiziq bo‘yicha eng kuchli, deb topilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynagan charm to‘p ustalarini alohida tanishtiramiz.
“Ramziy terma jamoa himoya markaziga O‘zbekiston vakili Oleg Pashinin loyiq ko‘rildi. Rossiya chempioni bo‘lgan Pashinin Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi tarkibida 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan. Bir muddat Yaponiyada ham to‘p surgan.
Uning pozitsiya tanlashi, kurashuvchanligi va bosh bilan yaxshi o‘ynash qobiliyati alohida tilga olinadi.
O‘ng qanot himoyasida mudofaa chizig‘ida universal bo‘lgan Andrey Fyodorovga etadigani yo‘q. Andrey Fyodorov jismonan baquvvat, shiddatli o‘ynaydi va yuqori qavatda ishonchli harakat qiladi, undan to‘pni olish qiyin. “Rubin” tarkibida eng ko‘n o‘ynagan legionerlardan. Osiyo o‘yinlari chempioni. Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi tarkibida O‘zbekiston, qozonliklar safida Rossiya chempioni bo‘lgan.
Fikrlar