
Ular yana "sherlar" sharafini himoya qiladi (foto)
Avvalroq, "Neftchi"da ijarada harakat qilayotgan Abror Ismoilov "Paxtakor"ga qaytishi haqida xabar bergan edik.
"Sherlar" matbuot xizmati taqdim etgan mashg‘ulotlardan olingan suratlarda Ismoilovni ko‘rish mumkin. Qolaversa, mavsumni Qatar chempionatida boshlagan Doston Hamdamov ham poytaxtliklar safiga kelib qo‘shildi.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachi birinchi davrada 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golga hammualliflik qildi.
Fikrlar