"Ularni tarkibida bizning chaqirig‘imizni qabul qilmagan bir nechta futbolchilar bor". Aliqulov jamoasi peshqadamga aylangach, nimalarni aytdi?

  • 19 sentabr, 2024, 12:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha pro liganing 20-turi start oldi. Unda etakchilar – “Buxoro” va “Mash’al” o‘z o‘yinlarini o‘tkazdilar.

Buxoroliklar Nukusda “Aral”ga 1:0 hisobida yutqazishdi. “Mash’al” esa Muborakda “Xorazm”ni mag‘lub qildi. Natijada muborakliklar endi musobaqa peshqadamiga aylanib oldilar.

“Mash’al” ustozi Asror Aliqulov esa uchrashuvdan keyin savollarga javob berdi.

- Ikki xil bo‘lim bo‘ldi. Birinchi bo‘limda “Xorazm” ko‘proq himoyada va qarshi hujumda o‘ynadi. Ikkita to‘p farqi bilan oldinga chiqib olganimizdan keyin ular bosimni kuchaytirishdi. Natijada jamoamizda parokandalik va xatoliklar kuzatildi. Futbolchilarda o‘zlariga ishonch yo‘qola boshladi. O‘yinchilarga biroz mahorat etishmadi. Katta kuch bilan hujumga o‘tishdi. O‘yin oxirlarida ham imkoniyatlarga ega bo‘ldilar. Baribir shunday holatda ham g‘alabani saqlab qola oldik. Mehnati uchun futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman.

- “Mash’al”ni safarda “Xorazm”ga qarshi o‘yini bilan bu safargi o‘yini o‘rtasida qanday farqi bo‘ldi?

- “Xorazm”da bir qancha futbolchilar Superligada to‘p surishgan. O‘yinchilari ancha tajribali. Safardagi bellashuvga biz yo‘qotishlar bilan borgandik. Bu o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Bugun birinchi bo‘limda yaxshi hujumlar qildik. Ikkinchi bo‘limga kelsak, qanotdagi futbolchilarimiz anchadan beri o‘ynashmagandi. Ko‘proq zaxiradan maydonga tushishardi. Keyin biz o‘yinchilarni zaxiradan tushirdik. Zaxiradagilar maydonga hisobni ushlab qolish uchun tushirildi, desam to‘g‘ri bo‘ladi.

- Bugun zaxiradan hujumchilarni maydonga tushirishga qaror qildingiz...

- Zaxirada o‘tirgan ikkita futbolchimiz jarohati tufayli o‘yinda qatnasha olmasdi. Imkoniyatimiz cheklangandi. Ayrim hujumkor futbolchilarimizdan qanotda foydalandik. Chunki qanotda o‘ynaydigan asl futbolchimizning birida jarohat, yana birida sariq kartochkalari bor edi. Bu qiyin holatga solib qo‘ydi. Baribir qiyin vaziyatdan chiqib ketdik.

- “Mash’al” 1-o‘ringa chiqib oldi. “Xorazm” esa oxirgi o‘rinlardan birida. Bu uchrashuvda “Mash’al” hisobni saqlab qolish uchun o‘ynadi, “Xorazm” esa hujumlar uyushtirdi...

- “Xorazm”ni 4 ta o‘yinini ko‘rib chiqdik. O‘yin jarayonida jamoa juda ishonch bilan o‘ynayapti. Ammo“Do‘stlik” bilan uchrashuvda oson bo‘ladi, deb kutishgan, biroq o‘zlarini o‘nglab olmaganlar. Bugun biz shu xatoni qilmasligimiz kerak edi. Ularni tarkibida bizni chaqirig‘imizni qabul qilmagan bir nechta futbolchilar bor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!