Ulug‘bek Bakiev: "Ivan Boshkovichning o‘yindan oldin tobi yo‘q edi"

  • 26 avgust, 14:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Navbahor" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda maydon egalari raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol kiritdi.

Tecno

"Bo‘rilar"ning dastlabki ikki golga Rubin Hebay mualliflik qildi. Bahsning so‘nggi daqiqalaridagi Javohir Qahramonovning dubli esa tablodagi hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Uchrashuvdan so‘ng "So‘g‘diyona"ning yordamchi murabbiyi Ulug‘bek Bakiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi ishonchli va chiroyli g‘alaba bilan Jizzax ahlini - muxlislarni, rahbariyatni tabriklayman. Bu g‘alaba bilan to‘xtab qolmaymiz. Bu g‘alabada hammani xizmati bor. Futbolchilar ham mehnat qilishdi va bosh murabbiyimiz Ivan Boshkovichni ham ta’kidlashim kerak. 

"Navbahor jamoasi yaxshi harakat qildi. Raqibning ikkita oxirgi o‘yinini ko‘rib chiqdik. Birinchi bo‘limda ayrim ishlanmalarimiz o‘xshamadi. Ikkinchi bo‘limda esa murabbiylar bilan gaplashib, buni ozgina to‘g‘irladik. Zaif tomonlarini ushlab oldik va maqsadimizga erishdik. 

Murabbiynni ketishi haqidagi gap-so‘zlar futbolni ichida har doim bo‘ladi. Biror jamoada natijalar yomonlashsa, jurnalistlar murabbiyni ketishi mumkinligi haqida yozishadi. Bu yilgi maqsadimiz O‘zbekiston kubogini yutish. Shuning uchun bollar bu bahsga jonini berib harakat qilishdi. "Murabbiy ketadimi degan savolingiz noo‘rin deb hisoblayman. Boshkovichning o‘yindan oldin tobi yo‘q edi va shu sabab bugungi matbuot anjumanida uning o‘rniga men ishtirok etyapman.

Lyupcho Doriev bir o‘zi futbol o‘ynamayapti. Atrofida unga shu golni urilishida vaziyatlar yaratib berayotgan o‘yinchilar bor. "So‘g‘diyona"ni hujumi bitta Dorievga bog‘lanib qolmagan. Bugun ham zaxirada qo‘shilgan o‘yinchilar ancha uchrashuvni kuchaytira oldi. 

Men Boshkovich bilan 5-6 yildan beri ishlab kelyapman. Men uni chik yurakdan tabriklamoqchiman. U mening ustozim, akam deb bilaman. Shunday iqtidorli va  yosh murabbiy bilan ishlayotganimdan xursandman", - dedi Bakiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!