Ulug‘bek Baqoev: Durang adolatli natija bo‘ldi

  • 14.09.2019 08:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliganing 19-tur doirsida o‘tkazilgan «Andijon» hamda «So‘g‘diyona» (0:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugungi raqibimiz – «Andijon» hozir qiyin ahvolda. Ular turnir jadvalida oxirgi o‘rinlardan biri ekanligini bilardik. Shu sababli bugungi uchrashuvda ularga ham, bizga ham g‘alaba kerak edi.

O‘ylaymanki, mazkur to‘qnashuvdagi durang adolatli natija bo‘ldi. Bugungi qayd etilgan natijadan qoniqdimmi? Bunga ha yoki yo‘q deb javob bersam ham bo‘ladi. Aytaylik, bugun yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi.

Mezbonlar esa menda yaxshi taassurot qoldirganini aytgan bo‘lardim. Ular bizga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatishganini alohida ta’kidlab o‘tishim o‘rinli. Aleksandr Xomyakov yaxshi mutaxassis, o‘ylaymanki, u jamoani saqlab qola oladi. Albatta, «Andijon» jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!