Ulug‘bek Baqoev: Futbolda bunday holatlar uchrab turadi
“So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- O‘yinni o‘zimiz istagandek boshladik. Lekin keyinchalik qo‘pol xato qildik. Gol o‘tkazib yana hisobda oldinga chiqdik. Biroq qo‘qonliklar bu safar ham muvozanatni tiklashdi. Futbolda bu kabi holatlar uchrab turadi. Shogirdlarim va bizni stadionda qo‘llab turgan muxlislarga rahmat aytaman, - dedi Baqoev.



Fikrlar