
Ulug‘bek Baqoev Qozog‘istonning qaysi klubini boshqaradi?
Kecha “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev Qozog‘istonda ish boshlashi mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilgandik.
“Buxoro” murabbiysiz qolmoqda yoxud Ulug‘bek Baqoev Qozog‘iston klubini boshqarishi mumkin
38 yoshlik mutaxassis Qozog‘iston Premer-Ligisi klublaridan biri bilan muzokaralar olib borayotgani ammo aynan qaysi jamoa aloqaga chiqqani noma’lum edi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimiz Qozog‘istonning “Tobol” klubini boshqarishga yaqin. Agar Baqoev Premer-Ligaga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, “Buxoro” klubida unga yordamchilik qilgan Baxtiyor Ashurmatovni ham o‘zi bilan birga olib ketishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, hamyurtimiz Qozog‘istonda 4 marta chempionatning eng yaxshi to‘purari, 2 bor "Sports.kz" talqiniga ko‘ra mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. “Tobol” klubi bilan 2010 yil Premer-Liga, 2017 yil esa Qozog‘iston Kubogi va Intertoto Kubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar