
Umar Nurmagomedov: "Men bu jangga har doim tayyorman!"
Dog‘istonlik mag‘lubiyatsiz UFC jangchisi Umar Nurmagomedov sobiq chempion Petr Yanga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Agar UFC bizning jangimizni ko‘rib chiqsa, men bunga tayyorman. Men uni mag‘lub etolishimni isbotlamoqchiman. Yan meni mag‘lub qilishi haqida ko‘p gapiradi. Men uning ovozini o‘chirib qo‘yaman. Aslida, men uchun undan ko‘ra muhimroq raqiblar bor", - dedi Umar.
Ma’lumot o‘rnida, 3 avgust kuni Umar Nurmagomedov Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida Kori Sendxagenga qarshi oktagonga qo‘tariladi.
Fikrlar