
Umar Nurmagomedovga navbatdagi "o‘lja" yoxud uning raqibi va jang sanasi ma’lum!
UFCning o‘ta engil (61,2 kg) vazn toifasi vakili Umar Nurmagomedovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. Umar Merab Dvalashvili va Shon O Mellidan birini raqib sifatida ko‘rmoqchi bo‘ldi va bunga astoydil harakat qildi. Biroq, Merab va Shon o‘zaro revansh jangiga kelishib olganidan so‘ng, Umar ikkisini kutib o‘tirishni lozim topmay, orada bitta jang o‘tkazib olishga qaror qildi. Shu tariqa unga xitoylik Song Yadong (21-6) navbatdagi o‘lja sifatida taqdim etildi. Ular 14 dekabr kuni "UFC on ESPN 63" turnirining markaziy bahsida jang kiladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Son Yajdong so‘ngi jangida Pyotr Yanga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Umar Kori Sendxagenni mag‘lub etgandi.
Fikrlar