
Umrining 31 yilini "Arsenal"ga bag‘ishlagan Stiv Bould klubdan ketmoqda
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi hisoblangan Stiv Bould jamoani tark etmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
58 yoshli mutaxassis 31 yildan beri London klubida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bould so‘nggi ikki mavsumda “kanonirlar”ning U23 jamoasini boshqardi.
Bungacha u 7 yil davomida “Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerga assistentlik qilgan. Bould 2001 yildan 2012 yilgacha U18 o‘smirlar jamoasini boshqargan.
Stiv Bould futbolchi sifatida "Arsenal"da 11 yil to‘p surdi va klub bilan 3 marta mamlakat chempioni bo‘ldi.
Fikrlar