
Umtiti Italiyaga qaytishi mumkin
"Barselona" bilan shartnomani bekor qilgan Samyuel Umtiti faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Uning agenti futbolchini "Inter"ga taklif qilgan. Bu haqda Ekrem Konur xabar bermoqda.
"Inter" avvalroq Nachoga qiziqib ko‘rdi, lekin Ernandes "Real" bilan yangi bitim imzoladi. Milanliklar esa boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Umtiti yakuniga etgan mavsumni "Lechche" tarkibida o‘tkazdi. 29 yoshli himoyachiga Saudiya Arabistoni klublaridan ham takliflar bor.
Fikrlar