
Unai Emeri: Men hech qachon darvozabonga 92-daqiqada borib, gol urib kel demayman"
"Aston Villa" Premer-liganing 24-turidan o‘rin olgan "Arsenal"ga qarshi bahsda 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida mehmonlar bir to‘p farqi bilan ortda qolayotgandi va ular burchak to‘piga ega bo‘ldi. Shu vaqtda Emilianu Martines darvozani tark etib, raqib jarima maydonchasiga yo‘l oldi. Kornerdan uzatilgan to‘pni "Arsenal" futbolchilari qo‘lga qiritib, bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi va hisob 4:2 ko‘rinishiga keldi. O‘yindan keyin Unai Emeri o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va o‘sha vaziyatni ham eslab o‘tdi.
"Tushunaman, har bir klubda yangi murabbiy keliganidan keyin unga moslashib olishga vaqt kerak. Bugun futbolchilardan ko‘nglim to‘lmadi. Ular maydonda mening buyruqlarimni bajarmadi. Masalan, men hech qachon darvozabonga 92-daqiqada borib, gol urib kel demayman. Bunaqa gollar kamdan kam bo‘ladi. Bu ahmoqlik. Agar mag‘lubiyat bizning foydamizga ishlasa, unda men xursandman", - dedi ispaniyalik murabbiy.
"Aston Villa" APLda ketma-ket 3-marta mag‘lubiyatni qabul qilib olmoqda. Ayni payt Unai Emerining ketishi haqida mish-mishlar yo‘q. Ammo mutaxassisning Martinesdan ko‘ngli to‘lmayotgani haqida xabarlar ko‘payib bormoqda.
Fikrlar