
Unai Emeri: PSJ dunyoning eng zo‘r futbolchilarini sotib olmoqchi
Frantsiyaning PSJ klubi bosh murabbiyi Unai Emerining fikricha, “Barselona” hujumchisi Neymar dunyoning eng kuchli 5 futbolchisidan biri hisoblanadi va u agar PSJda o‘ynasa bundan klub hamda muxlislar quvonadi.
“PSJ dunyoning eng zo‘r futbolchilari bilan shartnoma imzolashni istaydi. Agar biz “Real”, “Bavariya” va “Barselona” kabi klublarga qarshi raqobat qilib, Chempionlar ligasida g‘olib chiqmoqchi bo‘lsak, u holda o‘z tarkibimizga dunyoning eng kuchli besh futbolchisidan birini qo‘shib olishimiz kerak. Neymar esa bu ro‘yxatga kiradi. Agar bunday futbolchi PSJda to‘p sursa, bundan klub rahbariyati ham va muxlislar ham faqat xursand bo‘lgan bo‘lishardi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis L'Equipe nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Neymarning PSJga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida turli xabarlar tarqalmoqda.
Fikrlar