
Uoker: "Premer-ligani osonlik bilan yutishning iloji yo‘q"
Kayl Uoker APL doirasidagi yaqinlashib kelayotgan "Manchester Siti" hamda "Liverpul" o‘rtasidagi qarama-qarshilik haqida gapirdi.
"Futbol saviyasi nuqtayi nazaridan ushbu to‘qnashuv yil uchrashuvlaridan biri bo‘ladi, deb o‘ylayman. Bu gapim bilan "Arsenal" yoki "Manchester Yunayted"ga hurmatsizlik qilmoqchi emasman, axir ular ham ko‘plab titullarni qo‘lga kiritgan.
O‘ylaymanki, futbol darajasi yildan yilga ko‘tarilib bormoqda. APLga kirib kelayotgan futbolchilarning saviyasi shunchaki hayratlanarli ko‘rinishda. Shu sababli transfer bozorida muvaffaqiyatga erishish uchun jiddiy raqobat maydonida g‘alaba qozonishga to‘g‘ri keladi. Bu esa neytral muxlislar uchun haqiqiy bayramni hozirlab berishi tayin.
Ko‘pchilik premer-ligani osonlik bilan yutishni xohlaydi. Biroq buning iloji yo‘q. Chempionlikni himoya qilish har doimgidanda qiyinroq, ayniqsa APLda", - dedi "Manchester Siti" himoyachisi "BT Sport" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar